Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Pochettino «Nyukasl»ni boshqarishga tayyor

Pochettino «Nyukasl»ni boshqarishga tayyor

Автор: admin

«Tottenhem»ning sobiq ustozi Maurisio Pochettino yozda «Nyukasl» bosh murabbiyi bo‘lishga tayyor.
Daily Star xabariga ko‘ra, «hakkalar» rahbariyati argentinalik mutaxassisga 3 yillik shartnomani taklif qilmoqda. 
«Nyukasl»ni boshqarishga nomzodlar orasida Massimiliano Allegri ham bor. 
Avvalroq, «Nyukasl» xo‘jayini Mayk Eshli klubni 300 mln funt evaziga Saudiya Arabistoni investitsiya fondiga sotayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mish-mishlarga qaraganda, klubning yangi xo‘jayinlari yozgi transferlar uchun 200 mln funt mablag‘ ajratmoqchi.
Pochettino 2019 yil noyabr oyida «Tottenhem»ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi.


80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *