Goal24.uz » O'zbekiston » Diyor Imomxo‘jayev rasman O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Diyor Imomxo‘jayev rasman O‘zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Автор: admin

O‘zbekiston Professional futbol ligasi tashkilotdagi o‘zgarishlarni rasman tasdiqladi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
«O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Davron Shoqurbonov joriy yil 25 may kunidan o‘z arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Shu sababli, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti A.Azizovning taqdimiga binoan Diyor Imomxo‘jayev O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi», - deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, Diyor Imomxo‘jayev 2017 yildan buyon PFLda faoliyat yuritib keladi. U dastavval tashkilot direktori maslahatchisi, keyinchalik direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.


144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *