Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Orzudagi “Fergi-taym”. “Manchester Yunayted”ning “Bavariya”ga qarshi o‘yindagi afsonaviy kambekiga 21 yil to‘ldi

Orzudagi “Fergi-taym”. “Manchester Yunayted”ning “Bavariya”ga qarshi o‘yindagi afsonaviy kambekiga 21 yil to‘ldi

Автор: admin

Myunxenliklar uchrashuv avvalida hisobni ochadi. Mario Basler jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etgan holda Peter Shmeyxelni dog‘da qoldiradi. “Bavariya” minimal hisobdagi ustunlikni deyarli o‘yin yakuniga qadar ushlab turadi.
Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning birinchi daqiqasida “Manchester Yunayted” futbolchilari burchak zarbasiga ega bo‘ladi. Aleks Fergyuson tavakkalga qo‘l uradi: jarima maydoniga hatto Shmeyxel ham yetib boradi. Devid Bekhem to‘pni o‘yinga kiritadi, havodagi to‘pga Shmeyxel biroz yo‘nalish beradi, Duayt York esa uni futbolchilar tomon uzatadi. Torsten Fink to‘pni jarima maydonidan uzoqlashtira olmaydi, o‘z navbatida Rayan Giggzning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi ham kuchsiz chiqadi. Biroq Teddi Sheringem yaqin masofadan darvozani aniq nishonga olgan holda hisobni tenglashtiradi — 1:1.
“Manchester Yunayted” muvozanatni tiklagan vaqtda tablodagi vaqt 90:36 edi. Bu bilan “Yunayted” o‘zi uchun kamida qo‘shimcha bo‘limlarni naqd qilib qo‘ygandi.
Oradan ko‘p o‘tmay ingliz klubi yana burchak zarbasiga ega bo‘ladi, biroq bu safar Shmeyxel jarima maydoniga bormaslikka qaror qiladi. Yana Bekhem to‘pni jarima maydoniga uzatadi, Sheringem to‘p yo‘nalishini o‘zgartiradi va Ole-Gunnar Sulsher uni darvoza tomon to‘g‘irlab qo‘yadi — 2:1. “Manchester Yunayted” ikkinchi golni urgan vaqtda tabloda 92:17 sonlari porlab turardi.

Foto: Getty Images
Qo‘shimcha vaqtlarda o‘tkazib yuborilgan ikkita gol “Bavariya” futbolchilarini shok holatiga solib qo‘yadi: ular o‘yinni davom ettirishni ham istamaydi. Uchrashuv bosh hakami Pyerluiji Kollina ularni o‘rnidan turgazadi va uchrashuvni davom ettirishga ko‘ndiradi. Biroq nemis klubi qolgan vaqtda hech narsaga ulgurmaydi.

93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *