Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Koutino APL klubi bilan muzokara boshladi

Koutino APL klubi bilan muzokara boshladi

Автор: admin

Angliyaning «Nyukasl» klubi «Barselona»ga tegishli bo‘lgan Filippe Koutinoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, «Nyukasl» rahbariyat braziliyalik futbolchi bilan muzokaraga kirishgan. Tomonlar transferdan oldin futbolchining moliyaviy shartlari borasida kelishuvga erishmoqchi. «Barselona» yozda futbolchisini sotuvga qo‘yishi oydinlashgan.
27 yoshli xavbek ijara asosiyda «Bavariya»da to‘p surayotgan bo‘lsa-da, nemis klubi Koutinoni mavsum yakunida «Barselona»ga qaytarmoqchi.
Ma’lumot uchun, Koutinoga «Chelsi» va «Arsenal» klublari ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.


87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *