Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Tottenhem”ga “Barsa” futbolchisi kerak
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi qanot himoyachisi Tangi Ndobeleni qo‘lga kiritish uchun o‘zgacha uslubdan foydalanishi mumkin.
“Sky Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Kataloniya klubi yarim himoyachini Nelson Samedu yoki Samuyel Umtitini taklif qilishni reja qilmoqda.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, “Tottenhem” ham transfer oyanasida pul sarf etishni istamayapti.
“Milan” Zlatanga o‘rinbosar topdi
Milanning “Milan” klubi Zlatanni Ibrahimovichning o‘rinbosarini izlashga tushib ketdi.
“Tuttosport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “rossonerilar” nishonida 19 yoshli “AZ” klubinin 19 yoshli Miron Boadyu bilan jiddiy qiziqib qolgan.
Gollandiyalik hujumchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligi aniq. Manba bergan xabarlarga qaraganda, Miron bilan “Arsenal” va “Barselona” jamoalari shartnoma tuzish ilinjida.
Tolisso “Inter”da?
Myunhenning “Bavariya” jamoasi yarim himoyachisi Korentin Tolisso Italiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
Italiyalik jurnalistlarning fikricha, 25 yoshli futbolchi “Gollivud” rejalaridan chiqib qogan va u kelasi mavsum oldi yig‘inlarini boshqa klubda o‘tkazishi mumkin.
Fabrisio Romano bergan ma’lumotlariga qaraganda, “Inter” futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishish arafasida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Tolisso Bundesliganing 13 ta uchrashuvida maydonga tushdi 1 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
“Arsenal”ga turk kerak
Londonning “Arsenal” jamoasi “Feyenord” yarim himoyachisi Orkun Kekchyu “kononir”ga aylanishi mumkin.
“Evening Standart” nashri bergan xabarlarga qaraganda, 19 yoshli turkiyalik futbolchi Mesut O‘zilning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Orkunning “Feyenord” bilan shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uning transfer qiymati 12,5 million yevroni tashkil etadi.
Nemis “Liverpul”ga o‘tmaydi
Germaniyaning “Bayer” klubi yarim himoyachisi Kay Haverts “Liverpul” jamoasining taklifini rad etishga tayyor.
Gap shundaki, 20 yoshli futbolchi Myunhenning “Bavariya” jamoasiga o‘tishni istamoqda. Futbolchi Bundesliga chempioni bo‘lish va YECHLda zafar quchish uchun “Bavariya”dan yaxshiroq klub yo‘qligini rasman e’lon qildi.
Avvalroq futbolchining agenti Kay “Bavariya” o‘yin amaliyotini ta qdim etsa, albatta jamoasini o‘zgaritishini rasman tasdiqlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi ushbu mavsumda Bundesliganing 22 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobida 6 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozib qo‘ydi.

129   
Добавить комментарий
Ваше имя: *