Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi: «Ishonchim komil, bunday bo‘lishini hech kim kutmagan»

Messi: «Ishonchim komil, bunday bo‘lishini hech kim kutmagan»

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi koronavirus pandemiyasining kundalik hayotga ta’siri to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Argentinalikning so‘zlariga ko‘ra, u karantinning ta’siri bunchalik kuchli bo‘lishini tasavvur ham qilmagan.
«Ishonchim komil, bunday bo‘lishini hech kim kutmagan. Pandemiya haqida gapirgan va uning vaqti-vaqti bilan yuz berishini aytgan odamlar bo‘lgan albatta. Ammo aslida bunday bo‘lishini tasavvur ham qilmaganman. Koronavirusning dunyoga juda qattiq ta’siri haqida o‘ylamaganman.
Bunday noaniqlik sharoitida yashash va ishlash osonmas. Hammamiz ishga, mashg‘ulotlarga va musobaqalarga qachon qaytishimizni bilishni xohlaymiz. Har bir futbolchi uchun konsentratsiyani saqlash muhim», - dedi Messi.


125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *