Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Inter”ning ochko‘zligi “Barsa”ni qiynayapti

“Inter”ning ochko‘zligi “Barsa”ni qiynayapti

Автор: admin

“Inter” rahbariyati Lautaro Martinesni bermay “Barsa”ni qiynamoqda. Kataloniyaliklar o‘zlari orzu qilgan futbolchini olish uchun turli variantlarni taklif qilmoqda. Lekin milanliklar ham oyoq tirab turib olgan.
“Barselona” Lautaro bilan barcha shartlarni kelishib olgan. Futbolchining o‘zi ham Kataloniyaga oshiqmoqda. Lekin “Inter” ularni birlashishiga yo‘l qo‘ymayapti.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Inter” bu futbolchi uchun 90 million evro va himoyachi Xunior Firponi so‘ramoqda. Milanliklar “Barselona”ning 50 million va ikkita futbolchi berish taklifini rad qildi.
Endi “Barselona” qo‘shimcha mablag‘ topish uchun Koutinoni baquvvat klubga sotishni mo‘ljallayapti. Braziliyalik futbolchining transfer narxi 120 million evro atrofida. Lekin ayni paytda bu pulni hech kim bermaydi. Hatto Koutinoning mahoratini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan “Bavariya”ga ham bu transfer haddan ziyod qimmatlik qilgani bois, myunxenliklar tinchgina futbolchidan voz kechib qo‘ya qoldi.
79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *