Goal24.uz » Transfer » Mario Manjukich

Mario Manjukich

Автор: admin

Yangi mavsum boshlanishidan oldinoq «Yuventus» ustozi Mauritsio Sarri jamoasida hujumchilar yetarli ekani va xorvatiyalik Mario Manjukichni boshqa klubga sotishga tayyorligi haqida ma’lum qilgandi. Yozda ushbu xorvatiyalik futbolchiga xaridor topilmadi, u 24 sentyabr kunidan buyon turinliklar klubining zayavkasidan o‘rin olmadi. Ungacha esa Manjukich o‘yinlarni zaxira o‘rindig‘idan kuzatayotgandi.
ESPN nashri avvaliga Mario «Manchester Yunayted»ga o‘tishi haqida xabar tarqatdi, ammo 20 noyabr kuni shu nashrda «MYU» boshqa bir bolqonlik hujumchi Edin Jekoni sotib olishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berdi. Sport Bild nashrining tasdiqlashicha, Dortmundning «Borussiya» klubi Manjukichni safiga qo‘shib olishga qarshi emas. Ushbu tajribali futbolchining (u ayni vaqtda 33 yoshda) transfer qiymati 8-10 mln yevroga teng, yana bir plyus esa u joriy mavsumda «Yuventus» safida Chempionlar ligasida ishtirok etmagan va u dortmundliklarga pley-off o‘yinlarida yordam berishi mumkin. Turinliklar klubining Rojdestvo bayramiga ham chaqirilmagan futbolchida faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirish varianti ham bor.
268   
Добавить комментарий
Ваше имя: *