Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Bundesliga. «Leypsig» ochko yo‘qotib, «Borussiya»ga yetib ololmadi

Bundesliga. «Leypsig» ochko yo‘qotib, «Borussiya»ga yetib ololmadi

Автор: admin

Bundesliga 28-turi doirasida «Leypsig» o‘z maydonida «Gerta»ni qabul qilib, muhim ochkolarni qo‘ldan boy berdi.
O‘yinda hisobni mehmonlar vakili Gruyich ochgan bo‘lsa, 24-daqiqada Klostermann, 68-daqiqada esa Shik darvozabonning xatosi evaziga gol urib, hisobni mezbonlar foydasiga hal qilayotgandi. Ammo 82-daqiqada «Gerta»ning polshalik forvardi Piontek 11 metrlik jarima zarbasidan gol urib, o‘yinda durang qayd etilishini ta’minladi – 2:2.
Natijada «Leypsig» bu turda ochkolar hisobida «Borussiya»ga yetib olish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi va 2-o‘ringa chiqa olmay, 55 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. «Gerta» esa 35 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi. Peshqadam «Bavariya» hisobida 64 ochko bo‘lsa, «Borussiya» 57 ochko jamg‘argan.
Bundesliga. 28-tur
Leypsig – Gerta 2:2
Gollar
: 0:1 – 9 Gruyich, 1:1 – 24 Klostermann, 2:1 – 68 Shik 2:2 – 82, penalti Piontek.
Leypsig – Gulachi, Xalstenberg, Upamekano, Klostermann, Nkunku (Anxelino, 66), Laymer, Olmo (Lukman, 58), Zabitser, Adams, Verner, Shik.
Gerta – Yarsteyn, Boyata, Pekarik, Plattenxardt (Mittelshtedt, 11), Torunariga, Darida (Piontek, 71), Shelbred, Gruyich, Lukebakio (Dilrosun, 71), Ibishevich, Mateus Kunya.
Ogohlantirishlar: Pekarik (42), Xalstenberg (45), Torunariga (57).
Chetlatish: Xalstenberg (63).


146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *