Goal24.uz » Jahon » “Yangi Messi”lar hozir qayerda?

“Yangi Messi”lar hozir qayerda?

Автор: admin

Mario GetsYE
 
Nemis Messisi katta futbolga dadil qadamlar bilan kirib keldi. Kloppning “Borussiya Dortmund” jamoasi hujumlariga javob beruvchi Mario qisqa muddatda barchaning tiliga tushdi. Past bo‘yli, tehnikasi kuchli futbolchi markazdan yorib kirishlari orqali “ikkinchi Messi” “unvonini” qo‘lga kiritdi. Achinarlisi shundaki, aynan Mario argentinalik futbolchining darajasiga chiqishga barchadan yaqin kelgan edi, biroq yakunda uning faoliyatida ham keskin pasayish kuzatildi.
“Borussiya Dortmund” muxlisalarini dilini vayron qilgancha azaliy raqib libosini kiygan Mario Myunhenda ajoyib mavsum o‘tkazdi. Keyin JCHda g‘olib chiqdi va millat qahramoniga aylandi. Afsuski, Pep Gvardiola davrida Mario sekin-asta tarkibdan tushib qolishni boshladi. Oqibatda, “ikkinchi Messi” Dortmundga qaytib kelib hammasini boshidan boshlashga harakat qildi. Achinarlisi shundaki, uni klub va muxlislar juda sovuq qabul qildi. 20 yoshida butun dunyo e’tirofiga erishgan futbolchi oradan 7 yil o‘tib klubsiz qolib ketish darajasida pastga “quladi”. Katta ehtimol bilan uni yozda birorta o‘rtamiyona jamoa reklama maqsadida o‘z safiga qo‘shib oladi. Endi U Messining izdoshi emas, shunchaki Germaniya uchun “oltin gol”ni urgan Mario sifatida xotiramizda qoladi.
Boyan Kirkich

 
Messi bilan bir jamoa bo‘lishiga qaramay, Krkichni ham u singari potensial egasi ekanligi bashorat qilgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Leodan ham erta jamoada debyut qilgan (17 yosh 19 kun) Boyan ham aytarli hech narsaga erisha olgani yo‘q. Shunday bo‘lsada, klub uning o‘zini tiklab olishi uchun yetarlicha imkon berganini unutmaslik lozim. Kataloniya klubi safida qahramonimiz 162 bor maydonga tushgan bo‘lsa, 41 bor gol kiritdi xolos.
Umuman olganda chakki natija emas. Afsuski bu “yangi Messi” statusi uchun juda kam. Bechora Krkich zamonamizning eng kuchli futbolchilaridan biri bilan solishtirishlar qurboniga aylandi. U maydonda bor mahoratini namoyish etsada, muxlis va mutaxassislar undan ko‘prog‘ini talab qilishdan to‘xtashmadi. Bunday ruhiybosimga dosh bermagan futbolchini “Barsa” 12 million evro evaziga “Roma”ga sotib yubordi. Keyinchalik Krkich “Milan”, “Ayaks”, “Stok Siti”, “Deportivo”, “Alaves” singari klublarda to‘p tepdi, biroq faqat Kanadaning “Monoreal” klubidagina qo‘nim topdi.
Gay Assulin
 
“Yangi Messi”lar orasida eng achinarli holat Gay Assulin bilan sodir bo‘lgan. Isroillik bolakay 19 yoshida Kataloniya super klubi bilan shartnoma imzolagan. Tehnikasi juda kuchli bo‘lgan hujumchi qanotda ham, markazda ham birdek tezkor bo‘lgani bois muxlislar uni “isroillik Messi” deb atay boshlashdi.
Afsuski, Isroil futbolchisi bunday e’tiborni ko‘tara olmadi. Vaholanki, u 2009-yilda klubning yoshlar jamoasida o‘zini yorqin o‘yinlari bilan ko‘rsatgan va hatto asosiy jamoada debyut qilishga ham muvaffaq bo‘lgan edi. 2010-yilda uning klub bilan shartnomasi yakuniga yetgach, o‘sha davrlarda kelajagi porloq proyekt sifatida qaralgan “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolaydi. Ikki yil jamoa tarkibida bo‘lishiga qaramay, “shaharliklar” safida birorta uchrashuvda maydonga tushmay “tumanli albion”ni tark etadi. Achinarlisi, Gay so‘nggi yillarda klublarni “qo‘lqopdek almashtirish”da davom etmoqda. U Messi uyoqda tursin, hatto Krkich darajasiga ham chiqa olmadi.
Iker Munyain
 
Iker ham ro‘yxatimizdagi futbolchilar singari faoliyatining ilk qismida katta shuhrat qozonganlardan. Bilbaolik yigitcha Messi singari chap oyoqda zarba berar, kichik jussasi bilan dribling orqali raqiblarni ortda qoldirar edi. Bu esa, atrofdagilarda uni Messi bilan solishirishiga turtki bo‘ldi. Qahramonimiz “Atletik” safida 16 yoshida debyut uchrashuvini o‘tkazdi va bugungi kunga qadar jamoaning yetakchisi sanaladi. Qahramonimiz ikki bor “GoldenBoy” sovrini uchun nomzod bo‘lgan bo‘lsada, g‘oliblik unga nasib etmagan. O‘z vaqtida u bilan “Manchester Yunayted” qiziqish bildirdi, biroq transferni futbolchining o‘zi barbod qildi klubda qolishini e’lon qildi. Keyinchalik, o‘sishdan to‘xtab qoldi. To‘g‘ri, u bugungi kunda yo‘q bo‘lib ketgan futbolchi emas, lekin top darajaga chiqa olmagani achiq haqiqat. Uni faoliyati boshida Messi bilan taqqoslashlariga e’tibor bermagan futbolchi, o‘zining so‘nggi intervyusida takroriy savolga keskin javob qaytardi:
“Meni Messi bilan solishtirishmoqda? Ular oshirib yuborishgan. Meni faqat eyforiyaga berilgan muxlisgina Leo bilan solishtirishi mumkin. Bu menga hech qanday salbiy ta’sir o‘ktazmaydi. Aslida kim ekanligimni juda yaxshi bilaman.”
Alen Halilovich
 
Aslida Alen iqtidor borasida Messining yoshligidan sira qolishmas edi. 17 yoshida Xorvatiya terma jamaosida debyut qilgan iqtidor egasini o‘zbek futbol muxlislari ham yaxshi xotirlashadi. O‘z tengqurlaridan bir emas, ikki bosh baland futbol namoyish etayotgan Alen o‘zi istaganidek “Barselona” futbolchisiga aylandi.
Kataloniyaga ko‘chib o‘tgach, muammolar paydo bo‘lishni boshladi. Moslashuv jarayoni cho‘zilib ketgach, klub uni ijaraga berib yuborishni boshladi. “Gamburg”, “Las Palmas”, “Sporting” singari klublarda to‘p tepganiga qaramay, Halilovich “ikkinchi Messi” darajasiga yaqin ham kela olmadi. Oqibatda, 2018-yilda uni “Milan”ga sotib yuborishdi. Bechora Alenni butun Italiya bo‘ylab ijarada to‘p surishni boshlab yuborganiga ancha bo‘ldi.

246   
Добавить комментарий
Ваше имя: *