Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » «PSJ»da qaysi futbolchilar maoshlar qisqarishiga qarshiligi ma’lum bo‘ldi

«PSJ»da qaysi futbolchilar maoshlar qisqarishiga qarshiligi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«PSJ» hujumchisi Neymar va jamoaning bir qator futbolchilar maoshlari qisqarishiga qarshi bo‘lmoqda.
28 yoshli braziliyalik vinger klub prezidenti Nosir al-Helayfining iltimosiga qaramay, jamoada oylik maoshlar kamayishga qarshi chiqqan bir guruh futbolchilar tarkibiga kiradi.
Mundo Deportivo'ning yozishicha, jamoa sardori Tiago Silva rozi bo‘lmaganlar guruhiga bosh sanaladi. Norozilar qatorida Silva va Neymardan tashqari Edinson Kavani, Ander Errera, Xuan Bernat ham bor. 
Klub Neymarning noroziligini «Barselona»ga qaytishga urinish sifatida baholamoqda.
Kilian Mbappe va boshqa futbolchilardan tashkil topgan ikkinchi guruh futbolchilari esa ish haqi 70 foizga kamaytirilishiga rozi bo‘lishgan. Bu guruhga himoyachi Markinos yetakchilik qilmoqda.
«PSJ» mavsumning muddatidan avval yakunlanishi tufayli 200 mln yevro yo‘qotdi.


100   
Добавить комментарий
Ваше имя: *