Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Chelsi” ishga kirishdi
Londonning “Chelsi” jamoasi “Yuventus” yarim himoyachisi Miralem Pyanichni o‘z safiga qo‘shib olish borasidagi ishlarni boshlab yubordi.
Taniqli “Don Balon” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” bosniyalik futbolchi uchun “Yuventus”ga Jorjinoni taklif qilmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Artur “Barselona”ni tark etishni istamayapti, shu bois “Barselona” Pyanich uchun kurashdan chiqib ketib bo‘ldi.
Favr ketadimi?

Dortmundning “Borussiya” jamoasi ustozi Lusiyen Favr mavsum so‘nggi jamoadan ketishi mumkin.
Bu haqida “Bild” nashri ma’lum qilmoqda. Manbada yozilishicha, klub rahbariyati murabbiyning so‘nggi turlardagi omadsizliklaridan norozi. Ayni damda, uning o‘rniga yangi murabbiy izlash ishlari boshlandi.
“Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda “Borussiya Dortmund” YECHL va Germaniya kubogi musobaqalarini pley-off o‘yinlarida tark etdi.
“Qizil iblislar”dan o‘zgacha yurish

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi Jeydon Sanchoni qo‘lga kiritish yo‘lida turli variantlarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda.
“Mundo Deportivo” nashri “qizil iblislar” Sancho uchun pul va Aleksis Sanchesni taklif qilmoqchiligi haqida ma’lumot tarqatmoqda.
Shu yo‘sinda ingliz klubi Sanchoning transfer qiymatini hech bo‘lmaganda 20 million yevroga kamaytirishga umid qilmoqda.
Eslatibo o‘tamiz, Sanchesning yillik maoshi 26 million funt sterlingni tashkil etadi.
Rokirovka?!

Angliyaning “Everton” jamoasi yozda “Roma” hujumchisi Jengiz Underni o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda.
“Le Gazzeta Della Sport”ning ma’lum qilishicha, “irislar” turk futbolchisi uchun Rim klubiga Moyze Kinning hizmatlarini taklif qiladi.
“Eslatib o‘tamiz, italiyalik hujumchi mavsum boshida “Yuventus”dan 27,5 million yevro evaziga sotib olingan, biroq o‘zini ko‘rsata olmagan edi.
Xemes tanlovda adashmadimi?!

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Unga ko‘ra, futbolchi “Nyukasl”dan tushgan ajoyib taklifga qaramay, “Atletiko Madrid” jamoasi libosini kiyishga qaror qilgan.
Bu haqida “MundoDeportivo” nashri ma’lum qilgan. Manbada yozilishicha, kolumbiyalik futbolchi Madriddan ketishni istamayapti. Shu sababli, “qirollik klubi”ning azaliy raqibiga o‘tishga ham tayyor.

122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *