Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ronaldu mavsum yakunida «Yuventus»ni tark etmoqchi

Ronaldu mavsum yakunida «Yuventus»ni tark etmoqchi

Автор: admin

«Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ikki yillik faoliyatidan keyin mavsum yakunida Turin klubini tark etishi mumkin. Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist va insayder Petro Balsano Prota xabar bergan.
«35 yoshli portugaliyalik futbolchi mavsum yakunida «Yuventus» klubini tark etishga yaqin turibdi. Uning klubdan nega ketmoqchi bo‘layotgani sababi hozircha ma’lum emas», - deyiladi manbada.
Ronaldu 2018 yilda «Real» klubidan 117 million yevro transfer puli evaziga «Yuventus» safiga kelib qo‘shilgan bo‘lib, uning shartnomasi 2022 yilgacha imzolangan. 
Portugaliyalik forvard joriy mavsumda «Yuve» safida 32 o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol va 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ma’lumot uchun, mart oyida ham Gazetta Della Sport va TuttoSport nashrlari Ronalduning Italiyani tark etmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi. O‘shanda Krishtianuga «PSJ» va «MYU» taklif bilan chiqishga tayyorligi aytilgandi.


95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *