Goal24.uz » Jahon » Ronaldu, Jerrard, Ronaldo, Runi va boshqa yulduzlar nimadan “o‘lgudek” qo‘rqadi?

Ronaldu, Jerrard, Ronaldo, Runi va boshqa yulduzlar nimadan “o‘lgudek” qo‘rqadi?

Автор: admin

Stiven Jerrard
 
Liverpul” jamoasining tirik afsonasi maydonda chinakam jangchilardek harakat qilgan bilan yodimizda qolgan. Ayrim uchrashuvlarda jamoasi uchun sherdek olishgan sobiq futbolchi hayotda mizofobiadan aziyat chekishidan xabaringiz bormi?
Qahramonimiz bilan birga to‘p surgan futbolchilar Stivni mikroblardan qo‘rqishi haqida turli qiziqarli voqealarni aytib berishgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Stiv bir kunda kamida 20-30 bor qo‘lini sovunlab yuvadi va shaxsiy gigiyenaga qattiq rioya qiladi.
Ueyn Runi
Angliya futbol afsonasi, “Manchester Yunayted” tarixidagi eng yaxshi to‘purar ham g‘alati qo‘rquvlardan mustasno emas. Runi professional futbolchi bo‘lib yetishgach ham o‘z qo‘rquvidan xolos bo‘la olmadi. Turli ruhshunoslar bilan olib borilgan seanslar ham naf bermagach, Runi taqdirga tan berishdan boshqa chora topa olmadi. Gap shundaki, UYEyn tunlari shovqinsiz uxlay olmaydi. Ayniqsa yolg‘iz qolgan chog‘lari, undagi qo‘rquv kuchayadi va u televizor yoki soch quritgichni yoqib qo‘yibgina uxlashi mumkin. Boshqachasiga uning ko‘zlariga uyqu kelmaydi.
Ronaldu
 
Ronaldu super atlet bo‘lishi mumkin, biroq u ham inson. Qo‘rquvlar unga ham begona emas. Uning aytishicha, Krish faqat o‘limdangina qattiq qo‘rqar ekan. Ronaldu nafaqat sportchi bo‘lgani, balki uzoq umr ko‘rishni istagani uchun ham doimo sog‘lom turmush tarziga rioya qilishni kanda qilmaydi.
U o‘zini 80-90 yoshlarga chiqqanidan keyingina bo‘sh qo‘yishi mumkinligini, unga qadar uzoq umr ko‘rish uchun barcha kerakli vositalardan foydalanishini yaqindagina intervyularidan birida ma’lum qildi.
Ronaldo

Braziliyalik futbolchi faoliyatining oxirlaridagina ortiqcha vazn bilan muammoga duch keldi. Shunday bo‘lsada, uning vaznini murabbiylari doimo nazoratda ushlab turishga majbur bo‘lishgan.
Ronaldo bilan “Inter”da birga to‘p surgan Stefan Delma bugungi kunda taniqli futbol jurnalisti sanaladi. Aynan u o‘z shousida “so‘yloq”ning g‘alati odati haqidagi kulguli voqeani aytib berdi.
“ Ektor Kuper Ronaldoni har kuni mashg‘ulotlardan oldin va mashqlar so‘nggida toroziga chiqishga majbur qilar edi. Roni shu qadar o‘z vaznini o‘lchashdan qo‘rqar ediki, hatto ba’zan ko‘zlarini yumib olar va necha kg tosh bosganini aytmasliklarini iltimos qilar edi. Biz uning bu odatidan zavqlanib kular edik. U esa, tarozidan tushishi bilan darrov klub bazasini tark etar edi. O‘ylashimcha, Ronaldo aynan shu ortiqcha vazn sababli o‘z imkoniyatlarining yarmini ham ham namoyish eta olmadi.
Killian Mbappe
 
PSJ jamoasi hujumchisi va Sayyoramizning eng qimmat futbolchisi kemiruvchilardan juda ham qo‘rqishidan xabaringiz bormi?
Killian Fransiya yoshlar jamoasi bilan Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan chog‘ida, mehmonxonadagi nomerida sichqon bilan to‘qnash keladi. U shu qadar shovqin soladki, deyarli barcha mehmonxonadilar uning nomeri oldida yig‘iladi. Vazaiyat oydinlashgach, personal hizmatchilar kemiruvchilarga qarshi kurashuvchi agentlikka murojaat etishgan bo‘lsda, Killian nomeriga qayta joylashishdan bosh tortadi. Keyinchalik bo voqeani uning sobiq jamoadoshlari katta qiziqish bilan so‘zlab berishgan. Bugungi kunda Mbappe futbol olamidagi mashhur shaxslardan biri va u haqidagi faktlar ko‘plab muxlislarga qiziq. Futbolchi o‘zining so‘nggi intervyularidan birida hali-hamon sichqonlardan qo‘rqishini tan oldi.
Devid Bekhem
O‘z davrida “Manchester Yunayted” va “Real” klublari sharafini himoya qilgan Devidga ham fobialar begona emas.
Futbol olamining eng oldi yigitlaridan bo‘lishiga qaramay, Beks ham ayrim narsalardan qattiq qo‘rqadi. “The Sun” nashri bergan qiziqarli ma’lumotda, futbolchi buffonofobia bilan og‘irishi ma’lum qilinganida ko‘pchilik hayron qolgan edi. Bu fobianing “Yuventus” kipperiga hech qanday aloqasi yo‘q. U qurbaqalardan qo‘rquvchi insonlarda kuzatiladigan kamyob “kasallik” desak, umid qilamizki adashmagan bo‘lamiz. Futbolchining ushbu fobiasi tufayli Bekhemlar oilasi o‘z uyida turli hayvonlarni saqlashdan tiyiladi. Bir qarashda kulguli bo‘lishi mumkin, biroq bu fobia ham insonga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi qo‘rquv turlaridan biri sanaladi.
Fil Jons
 
“Manchester Yunayted” futbolchisi yer sharida ko‘plab insonlarda kuzatiluvchi klaustrofobia bilan og‘riydi.
Ma’lum bo‘lishicha, Fil yoshlik chog‘ida ota-onasi bilan ta’tilni Gretsiyada o‘tkazish chog‘ida bino liftida qamalib qoladi. Bechora futbolchi bir necha soat qop-qorong‘u liftda yolg‘iz qolib ketgach, ancha paytgacha o‘ziga kela olmaydi. Uning aytishicha, aynan o‘sha soatlar davomida u tor joyda qolishdan havfsirashni “yuqtirib” olgan ekan.
Bugungi kunda Fil ancha o‘zini qo‘lga olgan, biroq hech qachon liftdan bir o‘zi ko‘tarilmaydi.
Piter Krauch
 
Baland bo‘yli bo‘lishiga qaramay, o‘z tehnikasi bilan muxlislarning yoqimtoyiga aylangan Piter ham butun faoliyatini “qo‘rquvda o‘tkazgan” desak, adashmagan bo‘lamiz. Qahramonimizning aytishicha, u professional futbolchilik faoliyatini boshlaganida, murabbiylar ikkinchi qavatdagi to‘p uchun kurashlarga uni ma’sul etib tayinlashadi. Havodagi kurashlarda ishtirok etish chog‘ida, Krauch bir necha bor darvoza to‘sini va ustunlari bilan to‘qnashib ketadi. Oqibatda, Krauch qolgan kariyerasi davomida ehtiyot bo‘lishga majbur bo‘ladi. U o‘zining “SkySport” uchun bergan intervyusida qo‘rquvini quyidagicha izohlaydi:
“Bilasizmi, to‘pga bosh bilan zarba yo‘llayatgan chog‘ingizda, siz maydonning qaysi nuqtasida ekanligingizni ko‘ra olmaysiz. Hujumchi vaziyatni to‘g‘ri baholay olmasa, to‘sin bilan to‘qnashib ketishi hech gap emas. Men butun futbolchilik faoliyatim davomida shu havotr bilan to‘p surdim. Shunga qaramay, APLda bosh bilan eng ko‘p gol kiritgan futbolchi bo‘lishni uddaladim”

218   
Добавить комментарий
Ваше имя: *