Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Manba: La liga o‘yinlari faqat kechasi o‘tkaziladi

Manba: La liga o‘yinlari faqat kechasi o‘tkaziladi

Автор: admin

Ispaniya La ligasi mavsumning qolgan qismini o‘tkazish uchun turli strategiyalarni ishlab chiqmoqda. Avvalroq Xavyer Tebas chempionat 11 iyun kuni qayta boshlanishini ma’lum qilgan edi.

Turli manbalar tarqatgan xabarga ko‘ra, uchrashuvlar 35 kun davomida har kuni uzluksiz ravishda o‘tkazilishi kutilmoqda.

"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi issiq ob-havo tufayli futbolchilarning organizmida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suvsizlikning oldini olish maqsadida o‘yinlarni mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti bilan 22:30)dan erta boshlamaslikni tavsiya qilmoqda.

Shuningdek, La liga o‘yinlari fanatlar shovqinlari ostida translyasiya qilinishi kutilmoqda.
Manba: football.ua

82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *