Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Jorjinoning agenti: «Yevropaning ikki top-klubi men bilan aloqaga chiqdi»

Jorjinoning agenti: «Yevropaning ikki top-klubi men bilan aloqaga chiqdi»

Автор: admin

«Chelsi» yarimhimoyachisi Jorjinoning agenti Joao Santos mijozining boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.
Avvalroq «Yuventus», «Bavariya» va «PSJ» italiyalikka qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Agar siz Jorjino Sarrini yoqtirishini so‘rasangiz, men «ha» deb javob beraman. Ularning bir-biriga munosabatlari juda yaxshi. (xavbek «Yuventus» bosh murabbiyi Sarri bilan «Chelsi» va «Napoli»da birga ishlagan).
Jorjinoning 3 yillik shartnomasi bor. «Chelsi»da u bilan hammasi yaxshi. Ammo muhim taklif bo‘lsa, transfer amalga oshishi mumkin. Men bilan Yevropaning ikki top-klubi aloqaga chiqdi, ular Italiyadan emas», – deydi agent Radio Musica Television efirida.


86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *