Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Milan» eronlik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Milan» eronlik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Автор: admin

«Milan» Rossiyaning «Zenit» klubi hujumchisi Sardor Ozmunga qiziqish bildirmoqda, deya yozadi Calciomercato.
Manbaning yozishicha, milanliklar rahbariyati eronlik forvardni yozgi transfer oynasida sotib olish uchun futbolchining agenti Fali Ramazoni bilan bog‘langan. Italiya klubi tez orada «Zenit»ga transfer borasida taklif jo‘natishi kutilmoqda. Futbolchiga «Napoli» klubi ham taklif bildirgan.
Qayd etilishicha, Ozmunning agenti Ramazoni mavsum yakunida «Milan» bosh murabbiyiga aylanishi kutilayotgan germaniyalik Ralf Rangnik bilan yaqin aloqada hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Ozmun 2012 yilda «Rubin»dan 12 million yevro evaziga «Zenit» safiga qo‘shilgandi. 25 yoshli hujumchi joriy mavsumdagi 21 o‘yinda 10ta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *