Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Van Gal «MYU»ni tanqid qildi

Van Gal «MYU»ni tanqid qildi

Автор: admin

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Lui Van Galning fikricha, "qizil iblislar" rahbariyati 600 million yevroni havoga sovurgan.
2014 yilning yozida Lui Van Gal «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Biroq, jamoa uning qo‘l ostida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha olmadi va egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
«Men «MYU»ga kelganimda chempionlik hususiyatiga ega bo‘lmagan tarkib bor edi. Men tarkibni yoshartirish kerak dedim. Rahbariyati men so‘ragan futbolchilarning bittasini ham sotib olmagan.
«Manchester Yunayted» 600 million yevro sarf qildi va baribir munosib tarkibni yig‘a olmadi. Ushbu tendensiya Sulsher bilan biroz o‘zgarib borayotganidan xursandman, lekin, transferlarga javob beradigan insonlar ma’suliyatni his qilishlari kerak», — dedi Van Gal.

89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *