Goal24.uz » O'zbekiston » Diyor Imomxo'jaev rahbarligidagi delegaciya G'uzorda bo'ldi

Diyor Imomxo'jaev rahbarligidagi delegaciya G'uzorda bo'ldi

Автор: admin

Yaqindagina O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlagan Diyor Imomxo'jaev rahbarligida Toshkentdan kelgan delegaciya azolari jamoamiz futbolchi va murabbiylari bilan uchrashishdi. Suhbat davomida “SHo'rtan” PFK vakillari shaffof va halol o'yin haqida tushuntirildi hamda ogohlantirildi, shu bilan birga zarur maslahatlar aytib o'tildi.
Delegaciya bilan birga tashrif buyurgan davlat xavfsizlik xizmati xodimlari futbol uchrashuvlari orqali totalizator hamda boshqa noqonuniy o'yinlarda qatnashgan, hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtida qonundan tashqari harakatlarni amalga oshirgan va bu jarayonlarda xayrixohlik ko'rsatgan har qanday shaxs O'zbekiston Respublikasi Qonunchiligida belgilab qo'yilgan tartibda jinoiy javobgarlikka tortilishi muqarrar ekanligini takidlashdi. SHuningdek, bu salbiy holatlar, nafaqat har bir insonning o'z shaxsiy obro'siga, balki butun bir 100 yillik tarixga ega O'zbek futbolining mavqeiga va etiboriga putur etkazib qo'yishi mumkinligi to'g'risida ham ogohlantirdi.
SHu o'rinda, bu kabi jinoyatchilikning oldini olish va jazoni kuchaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887 qarorida ham ko'zda tutilganligi va ushbu masala hozirgi davrda tasdiqdan o'tish jarayonida ekanligi eslatib o'tildi.
SHu bilan bir qatorda pandemiya tufayli nomalum muddatga qoldirilgan hamda davom ettirilishi kutilayotgan futbol musobaqalariga jiddiy tayyorgarlik ko'rish, chempionat o'yinlari vaqtida, shu bilan birga ularning boshlanishi oldidan karantin qoidalariga qatiy rioya qilish, kasalliklarni oldini olish maqsadida maxsus inspekciya tashkil etilib, sanitariya va epidemialogiya tashkilotlari tomonidan tegishli chora tadbirlar o'tkazilishi hamda tasdiqlanishi zarurligi takidlab o'tildi.
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *