Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” sobiq prezidenti Rosel: Qamoqxonada bir ahmoq meni “la’nati katalon” deb atagan va o‘lim bilan tahdid qilgandi

“Barselona” sobiq prezidenti Rosel: Qamoqxonada bir ahmoq meni “la’nati katalon” deb atagan va o‘lim bilan tahdid qilgandi

Автор: admin

“Bir tentak menga shunday degandi: “Sen, la’nati katalonsan, barcha katalonlar o‘lishi kerak”. Boshqasi esa meni har kuni qahva sotib olishga majburlardi. Men bu ishni qilmadim, unga bu noto‘g‘ri ekanini aytdim va u biroz o‘ziga keldi”, — deydi Rosel.
Sandro 2010—2014-yillar mobaynida “Barselona”ni boshqargan. Uning davida klub Ronaldinyoni o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Rosel ofshor hisoblar orqali 15 million yevroni yuvishga aloqadorlikda ayblanib, 2017-yilning mayida qamoqqa olingan. 643 kunlik tutqunlikdan so‘ng funksioner 2019-yilning fevralida qamoqdan chiqadi, biroq mazkur ish yopilmaydi. Prokuratura uni 11 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘raydi. 2019-yilning aprelida Rosel oqlanadi.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *