Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » U "Barselona"ni boshqarganidan afsusda

U "Barselona"ni boshqarganidan afsusda

Автор: admin

"Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Xerardo Martino kataloniyaliklarni boshqargan davrini yodga oldi.
“Natijalar yomon emasdi. Biz Ispaniya Superkubogini yutdik va kubok finaliga chiqdik. Ammo, “Barsa” rahbariyati uchun faqat kuboklar soni muhim bo‘ldi. Men kataloniyaliklarni boshqargan yilimni, faoliyatimdagi eng yomon yil deb aytgan bo‘lardim. Gap shundaki, murabbiy sifatida mening hissam faqat jamoani boshqarish bilan cheklangan edi”, - deydi argentinalik mutaxassis.
57 yoshli Martino “Barselona”ni 2013/14 yilgi mavsumda boshqargan edi. O‘sha mavsum “ko‘k-anor ranglilar” La Ligada “Atletiko”dan so‘ng 2-o‘rinni qo‘lga kiritishgan va Chempionlar ligasida ham 1/4 final bosqichda aynan “matraschilar”ga imkoniyatni boy bergan edi.


95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *