Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Inter" Eshli Yang bilan shartnomani uzaytirdi, Aleksis Sanches-chi?

"Inter" Eshli Yang bilan shartnomani uzaytirdi, Aleksis Sanches-chi?

Автор: admin

"Inter" Eshli Yangni shartnomasini uzaytirish variantini faollashtirdi va Sanchesni jamoada saqlab qolmoqchi.
Bu borad "Inter" klubining sport direktori Pero Ausilio klub futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirish rejalari borligini ma’lum qildi.
"Neradzurri" yarim himoyachi Eshli Yang bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirdi.
"Aytishim mumkinki, biz Yangning shartnomasini yangilash variantini faollashtirdik", dedi Ausilio "Sky Sport Italia" nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, Milanliklar "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Aleksis Sanchesni jamoa sifatida saqlab qolish rejalari haqida gapirdi.
"Biz barcha futbolchilarni, shu jumladan Aleksis Sanchesni ham o‘z safimizda saqlab qolish tarafdorimiz. U jarohatdan oldin o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. U menga "Udineze" va "Arsenal"dagi o‘yini namunasini eslatdi, dedi Pero Ausilio


96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *