Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barselona" Koutinyoni APL klubiga taklif qildi

"Barselona" Koutinyoni APL klubiga taklif qildi

Автор: admin

Football Insider nashrining xabariga ko‘ra, "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinyoni "Tottenxem"ga taklif qilgan. Kataloniyaliklar futbolchini "shporlar"ga ijaraga olishni taklif qilmoqda. 
Avvalroq, futbolchi uchun kurashda "Chelsi" asosiy da’vogar bo‘lib turgandi. Ammo "ko‘klar" havbekni ijaraga olishdan ko‘ra xarid qilish haqida o‘ylamoqda. 
Agar "Tottenxem" Koutinyoni ijaraga olishga rozi bo‘lsa, uning maoshini to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Uning maoshi xaftasiga 200 ming yevroni tashkil qiladi. 
Eslatib o‘tamiz, futbolchi joriy mavsumni "Bavariya"da ijarada o‘tkazmoqda. Mavsum so‘nggida "Barselona"ga qaytadi.

73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *