Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ronaldu: "Yuventus"da qolamanmi? Biror narsa deya olmayman"

Ronaldu: "Yuventus"da qolamanmi? Biror narsa deya olmayman"

Автор: admin

“Men “Real” sharafini himoya qilib yurgan chog‘larimda “Chelsi”dan taklif oldim. Bu qaysi yili sodir bo‘lgani aniq esimda yo‘q, biroq “aristokratlar” menga ajoyib shartnoma taklif qilishgan edi. Shunday bo‘lsada, ularning taklifini o‘ylab ham ko‘rmasdan rad etdim. Sababi, o‘sha davrlarda Madridda ekanligimdan baxtli edim.
Tan olish  lozim, “qirollik klubi”da to‘p tepayotgan chog‘imda ko‘plab jamoalardan takliflar olganman. Takliflar shu qadar ko‘p ediki, hamma meni ketmoqchi deb taxmin qila boshladi. Afsuski, bu baribir sodir bo‘ldi. To‘g‘ri, men o‘zimni “Yuventus”da qayta kashf etyapman, biroq “Real”ni tark etish juda og‘riqli bo‘lgani rost. Men Madridda o‘tgan davrlarim uchun barchadan minaddorman. Bu yillar mening xotiramda abadiy qoladi.

Ayni damda futbol olami koranovirusdan aziyat chekmoqda. Shunga qaramay, butsalarimni mixga ilish niyatida emasman. “Yuventus”da qolish yoki ketishim haqida biror narsa deya olmayman. Bu borada bashorat qilishim noo‘rin. Sababi, bu futbol va unda barcha narsa sodir bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqt ko‘rsatadi.

93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *