Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Manchester Yunayted”ning rejasi “Real”ni shokka tushirdi

“Manchester Yunayted”ning rejasi “Real”ni shokka tushirdi

Автор: admin

“Real” bilan “Renn” futbolchisi Eduardu Kamavingani talashayotgan “Manchester Yunayted” ajoyib reja tuzdi. Bu reja orqali manchesterliklar “Real”ni futbolchini transfer qilish imkoniyatidan uzoqlashtirib yubordi.
Unga ko‘ra,  MYu bu yil yozda 17 yashar futbolchining transferini sotib oladi. Lekin Kamavinga yana bir yil davomida “Renn” tarkibida qolaveradi. Shu orqali, “Manchester Yunayted” ham “Renn” jamoasini futbolchisiz qoldirmasdan roziligini oladi, ham yarim himoyachi uzun mavsum davomida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, Evropa Chempionlar ligasida tajriba oshiradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, MYu skautlari Kamavinganing imkoniyatlarini o‘rganib chiqish uchun 12 marotaba “Renn” ishtirokidagi uchrashuvlarni ko‘rgani Frantsiyaga borgan. Frantsuzlar bu futbolchi uchun 60 million evro so‘rayotgan bir paytda, inglizlar 25 million evro taklif qilmoqda.
Muzokaralarni kuzatib borayotgan mutaxassislar pandemiya tufayli transfer narxi sezilarli darajada pasayishini ta’kidlashmoqda.  
173   
Добавить комментарий
Ваше имя: *