Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Verner Londonga ko‘chib o‘tadimi?
 
Angliyaning “Chelsi” jamoasi yozda Timo Vernerni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Bu haqida Bild nashri jurnalisti Kristian Falk ma’lum qilmoqda. Uning aytishicha, “aristokratlar” himoyachisi Toni Ryudiger Vernerni o‘z jamoasiga chorlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toni va Timo ancha yillardan do‘stlashib kelishmoqda va Toni futbolchini klubga taklif anchadan beri taklif qilmoqda. Ayniqsa, “Liverpul”ning Verner transferidan voz kechganidan so‘ng, bu chorlovlar jiddiy tus olmoqda.
Anchelottiga himoyachi kerak
 
Angliyaning “Everton” jamoasi uztozi Karlo Anchelotti yozda jamoaga 34 yoshli markaziy himoyachini qo‘shib olmoqchi.
Italiya nashrlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, murabbiy “Inter” himoyachisi Diyego Godinni “irislar” tarkibida ko‘rishni istamoqda.
Urugvaylik futbolchi “Inter”ning kelasi yildagi rejalarida yo‘qligi bois, “tumanli albion”ga yo‘l olishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, Godin “Inter” safiga mavsum boshida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.
“M-YU” “Real”ga qarshi
 
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “Ren” tayanch yarim himoyachisi – Eduardo Kamavinga uchun kurashga qo‘shildi.
Ayni damda “Real” asosiy fovorit bo‘lib turgan yosh iqtidor egasini qo‘lga kiritish maqsadida klub futbolchini sotib olishi bilan “Ren”da yana bir mavsum harakat qilishiga ham rozi.
“L’equipe”ning ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” skautlari futbolchining naqd 12 ta o‘yinini stadiondan turib tomosha qilishga ulgurgan.
Eslatib o‘tamiz, fransuz klubi o‘z tineyjeri uchun 60 million yevro talab qilmoqda.
Villian uchun kurash avjida
 
Tez orada erkin agentga aylanishi kutilayotgan Villian yozda Parijga ko‘chib o‘tishi hech gap emas.
Yana o‘sha “L’equipe” bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, futbolchini PSJ Villian uchun fantastik maosh ko‘rsatilgan 3 yillik shartnoma tayyorlamoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Parij klubi yozda Drakslerni sotuvga qo‘yish orqali uning o‘rnini Villian bilan to‘ldirishni istamoqda. Klub shu yo‘sinda Neymar uchun oldingi chiziqda ko‘mak berishni oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Langle ketishi mumkin
 

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi himoyachisi Klemen Langle yozda “Barsa”ni tark etishi mumkin.
“Mundo Deportivo” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Inter” himoyachini Lautaro Martinesning transferiga qo‘shishi mumkin.
Manbada yozilishicha, Antonio Konte yozda jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Diyego Godinni o‘rnini aynan 24 yoshli Langle bilan to‘ldirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Langle klub safida 43 bor maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozib qo‘ydi.

164   
Добавить комментарий
Ваше имя: *