Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Seten 5 o‘yinchi almashtirishga ruxsat berilganidan norozi

Seten 5 o‘yinchi almashtirishga ruxsat berilganidan norozi

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Setenning fikricha, 5 o‘yinchi almashtirish qoidasi jamoaga salbiy ta’sir qiladi.
Eslatib o‘tamiz, jarohatlar xavfini kamaytirish uchun klublarga har bir bahsda beshtadan o‘yinchi o‘zgartirishga ruxsat berildi.
«5 o‘yinchi almashtirish qoidasi bizga zarardir, chunki biz ko‘plab o‘yinlarning so‘nggi daqiqalarida natijani o‘z foydamizga hal qildik. Endi o‘yin so‘ngida raqiblarimizda yangi kuchlar bo‘ladi. 
Tez orada ko‘p o‘yinlar o‘tkazamiz. Issiq havo o‘yinlarga ta’sir qiladi, jarohatlar keltirib chiqarishi mumkin. Umid qilamanki, vaziyat odamlar o‘ylagandan kamroq zarar keltiradi. 
Ehtimol, Germaniyada bo‘lgani kabi ko‘plab jarohatlar bo‘lishi mumkin. Chunki biz deyarli 2 oy divanda o‘tirdik, futbol o‘ynamadik», – deb Setenning so‘zlarini keltiradi Marca.


92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *