Goal24.uz » Jahon » So‘nggi 1 yil ichida eng ko‘p daromad topgan sportchi ma’lum bo‘ldi. Ronaldu va Messi kuchli uchlikda

So‘nggi 1 yil ichida eng ko‘p daromad topgan sportchi ma’lum bo‘ldi. Ronaldu va Messi kuchli uchlikda

Автор: admin

Unga ko‘ra, tennis bo‘yicha 20 karra “Ulkan toj” musobaqalari g‘olibi Rojer Federer dunyoning eng ko‘p daromad oladigan sportchisi deb topildi. Shveysariyalik sportchi 2019-yilning 1-iyunidan 2020-yilning 1-iyuniga qadar 106,3 million dollar ishlab topgan. Ulardan 6,3 millioni musobaqalar mukofot puli bo‘lsa, 100 millioni homiylardan kelgan daromad. Tarixda ilk bor tennischi mazkur reytingda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Undan keyingi uch o‘rin futbol vakillariga nasib etgan. Top-100 likdan 35 nafar basketbolchi, 31 nafar amerikacha futbol vakili, 14 futbolchi, 6 tennischi, 5 nafar boks va MMA jangchisi, 3 poygachi, bir nafardan beysbol va kriketchi o‘rin oldi.
So‘nggi bir yili ichida eng ko‘p daromad topgan sportchilar o‘nligi bilan tanishing:
  1. Rojer Federer, tennis — 106,3 million dollar (maosh — 60 mln dollar, homiylik — 45 mln)
  2. Krishtianu Ronaldu, futbol — 105 mln (60 mln, 45 mln)
  3. Lionel Messi, futbol — 104 mln (72 mln va 32 mln)
  4. Neymar, futbol — 95,5 mln (70,5 mln va 25 mln)
  5. Lebron Jeyms, basketbol — 88,2 mln (28,2 mln va 60 mln)
  6. Stefen Karri, basketbol — 74,4 mln (30,4 mln va 44 mln)
  7. Kevin Dyurent, basketbol — 63,9 mln (28,9 mln va 35 mln)
  8. Tayger Vuds, golf — 62,3 mln (2,3 mln va 60 mln)
  9. Kirk Kazins, amerikacha futbol — 60,5 mln (58 mln va 2,5 mln)
  10. Karson Vens, amerikacha futbol — 59,1 mln (55,1 mln va 4 mln)
156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *