Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Tiago Alkantara La Liga grandi safiga qaytmoqchi

Tiago Alkantara La Liga grandi safiga qaytmoqchi

Автор: admin

«Bavariya» klubi yarimhimoyachisi Tiago Alkantara Myunxen klubini tark etmoqchi, deya xabar bermoqda Bild nashri.
Nashrning yozishicha, 29 yoshli xavbek va uning oilasi Germaniyadan Ispaniyaga qaytishni rejalashtirgan. Myunxenliklar bilan 2021 yilgacha shartnomasi bo‘lgan Alkantara «Barselona» safiga qaytish haqida o‘ylamoqda. Uning agenti o‘z aloqalari orqali Kataloniya klubining bu boradagi qiziqishini o‘rganmoqda. 
Shunga qaramay, «Bavariya» rahbariyati va bosh murabbiy Hans-Diter Flik Alkatarani muhim futbolchilardan biri sifatida shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan.  
Ma’lumot uchun, Alkantara 2013 yilda «Barselona»dan «Bavariya» safiga kelib qo‘shilgandi.


89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *