Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zPFL klublarga mashg‘ulotlarni boshlash mumkinligini rasman ma’lum qildi

O‘zPFL klublarga mashg‘ulotlarni boshlash mumkinligini rasman ma’lum qildi

Автор: admin

Joriy yil 16 martdan rejalashtirilgan barcha futbol musobaqalari, musobaqalarga tayyorgarlik mashg‘ulotlari va tadbirlari koronavirus infeksiyasiga barham berilguniga yoki Respublika maxsus komissiyasi tomonidan musobaqalarni o‘tkazishga ruxsat etilguniga qadar vaqtincha to‘xtatilgan edi, deya yozadi PFL rasmiy sayti.
«Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 29 maydagi 26-sonli yig‘ilish bayoniga asosan professional futbol klublariga o‘z o‘quv-mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashiga hamda joriy yil 5 iyun kunidan O‘zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirilishiga rasman ruxsat berildi. Bunda futbol uchrashuvlari tomoshabinlar ishtirokisiz o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarni davom ettirilishidan oldin futbolchilar o‘z sport formalarini tiklashi uchun bir necha kun kerak ekanligidan kelib chiqib, O‘zbekiston chempionati musobaqalari aynan qaysi sanadan davom ettirilishi bo‘yicha alohida ma’lumot beradi.
Shu munosabat bilan, futbol klublari  professional futbolchilarni malakali murabbiylar nazorati ostida tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy amal qilish sharti bilan futbol klublari bazasi negizida mashg‘ulotlar jarayonini boshlashi mumkinligini ma’lum qilamiz», - deyiladi PFL xabarida.
Qayd etilishicha, rasmiy o‘yinlar boshlagunga qadar o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.


112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *