Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLda so‘nggi o‘rinlarni egallagan klublar chempionshipga tushirib yuboriladi

APLda so‘nggi o‘rinlarni egallagan klublar chempionshipga tushirib yuboriladi

Автор: admin

APL rahbariyati so‘nggi o‘rinni egallagan klublar koronavirus pandemiyasi tufayli quyi ligaga tushib ketmasligi lozim deb hisoblaydigan ba’zi jamoalarning fikriga qo‘shilmayapti.
Avvalroq, Premer-Liganing barcha 20ta klubi mavsumni 17 iyunda davom ettirishga kelishib olishgan edi. Ammo, agar mavsum takroran to‘xtatilsa, jadvaldagi o‘rinlar qanday taqsimlanishi haqida hamon kelishuv yo‘q.
Jadvalning quyi pog‘onalaridan o‘rin olgan klublar Chempionshipga tushib ketishni bekor qilish haqida qaror qabul qilinishini istamoqdalar.
Daily Mail xabariga ko‘ra, Premer-liga rahbariyati bu fikrlarga qo‘shilmaydi va so‘nggi o‘rinlarni egallagan jamoalar quyi ligaga ravona bo‘ladi. Agar mavsum takroran to‘xtatilsa, o‘rinlar o‘rtacha ochkolar soni bo‘yicha taqsimlanadi.
29 tur o‘yinlaridan keyin APL jadvalida so‘nggi uch o‘rinni «Bornmut», «Aston Villa» va «Norvich» egallab turibdi.


91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *