Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Karrager YeCHL g‘olibligi uchun asosiy favorit klubni aytdi

Karrager YeCHL g‘olibligi uchun asosiy favorit klubni aytdi

Автор: admin

«Liverpul» klubi sobiq futbolchisi, Sky Sports telekanali sharhlovchisi Jeymi Karrager Chempionlar ligasining favoritlari haqida gapirdi. 
«Hozirga kelib «Manchester Siti» klubi chempionlar ligasi g‘olibligi uchun asosiy da’vogarga aylangan. Ular uchun asosiy raqib bo‘lgan «Liverpul» turnirni tark etdi. Gvardiola klubini avvalgi yillardagidek to‘xtata oladigan «Liverpul» yoki «Tottenhem»dek klubni ko‘rmayapman. 
«PSJ», «Barselona» va «Bavariya» – Siti uchun asosiy xavf. Ammo Parij klubida muammo bor – ular Chempionlar ligasi o‘yiniga chempionatda birorta ham o‘yin o‘ynamay kelishadi. «Barselona» esa avvalgidek kuchli emas, buni o‘tgan yillarda «Roma» va «Liverpul» ko‘rsatib, ularni musobaqadan chiqarib yuborgandi. 
«Siti» uchun eng xavfli raqib – Gvardiolaning sobiq klubi «Bavariya» sanaladi. Bundesligaga nisbatan barvaqt restart berilgani ham nemis klubi foydasiga ishlaydi. Ammo shunga qaramay, «Manchester Siti»ni bu klubdan kuchliroq deb hisoblayman. Gvardiola jamoasi – turnir favoritiga aylangan. Bu turnirdagi g‘oliblikni ulardan-da ko‘proq xohlaydigan klub topilmasa kerak», - deydi Karrager Sky Sports saytidagi maqolasida.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» YeCHL nimchorak final dastlabki o‘yinida «Real» ustidan Madridda g‘alaba qozongandi (2:1).


77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *