Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Pyanich transferi amalga oshmasa, «Barselona»da boshqa variant bor

Pyanich transferi amalga oshmasa, «Barselona»da boshqa variant bor

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirishni xohlamoqda, deb yozadi Mundo Deportivo.
Klubning asosiy nishoni «Yuventus» yarimhimoyachisi Miralem Pyanich bo‘lib turibdi. Ammo kataloniyaliklar parallel tarzda «Napoli» xavbeki Fabian Ruisni ham kuzatishmoqda.
Agar Pyanich transferi amalga oshmasa, Ruis asosiy variant bo‘ladi. Bosh murabbiy Kike Setenga Fabian nomzodi ma’qul bo‘lib turibdi.
Ta’kidlanishicha, 24 yoshli ispan «Napoli» bilan bitimni uzaytirmoqchi emas. Unga, shuningdek, «Real» ham qiziqmoqda.
Ruis bu mavsumda A Seriyada 22ta bahsda maydonga tushib, 2ta gol va xuddi shuncha assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 30 yoshli Pyanich esa 22ta o‘yinda 3 bor to‘p kiritgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.


91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *