Goal24.uz » Jahon » CIES Football Observatory yangi reytingi: Mbappe jahonning eng qimmatbaho futbolchisi, Messi 8-o‘rinda, Ronaldu 50talikda

CIES Football Observatory yangi reytingi: Mbappe jahonning eng qimmatbaho futbolchisi, Messi 8-o‘rinda, Ronaldu 50talikda

Автор: admin

CIES Football Observatory tahlil markazi o‘zining rasmiy saytida jahonning eng qimmatbaho futbolchilari yangi reytingini e’lon qildi.
Birinchi o‘rinni «Pari Sen-Jermen» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe saqlab qolgan. Uning narxi 265,2 million yevrogacha ko‘tarilgan. Ikkinchi o‘ringa «Manchester Siti» va Angliya milliy jamoasi vakili Rahim Sterling (€ 223,7 mln) ko‘tarilgan. Uchlikni esa «Liverpul» va Misr milliy jamoasi forvardi Muhammad Saloh (€ 175,1 mln) yakunlangan.
Lionel Messi («Barselona») va Krishtianu Ronaldu («Yuventus») bu reytingda o‘z pozitsiyalarini yo‘qotishda davom etishmoqda. Argentinalik hujumchi (€ 125,5 mln) bu safar 8-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, portugaliyalik forvard (€ 80,3 mln) 49-o‘rindan joy olgan.
Eng qimmatbaho futbolchilar o‘nligi:
1. Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen», Fransiya) – € 265,2 mln
2. Rahim Sterling («Manchester Siti», Angliya) – € 223,7 mln
3. Muhammad Saloh («Liverpul», Misr) – € 175,1 mln
4. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund, Angliya) – € 168,9 mln
5. Sadio Mane («Liverpul», Senegal) – € 155,6 mln
6. Harri Keyn («Tottenhem», Angliya) – € 150,5 mln
7. Markus Rashford («Manchester Yunayted», Angliya) – € 134,3 mln
8. Lionel Messi («Barselona», Argentina) – € 125,5 mln
9. Antuan Grizmann («Barselona», Fransiya) – € 123,6 mln
10. Lautaro Martines («Inter», Argentina) – € 115,7 mln.


193   
Добавить комментарий
Ваше имя: *