Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ektor ketadimi?

Turinning “Yuventus” jamoasi o‘ng qanot himoyasini kuchaytrish maqsadida “Arsenal” fulbekki Ektor Belyerinni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, klub shortlistida Nelson Samedu (“Barselona”) va Joa Konselu (“Manchester Siti”) ham mavjud.
Shunday bo‘lsada, bu transferlar orasida Ektorning Turinga ko‘chib o‘tishi haqiqatga yaqinroqdek tuyulmoqda. Gap shundaki, himoyachi “Arsenal” bilan shartnoma uzaytirishdan bosh tortgan va yangi chorlovlarga juda muhtoj.
Martin “Milan”da?!
 
Ayni damda ijara asosida “Real Sosedad” sharafini himoya qilayotgan Martin Edogor “Milan” jamasi e’tibor markazida turibdi.
“Mundo Deportivo” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Milan shahri jamoasi Edegorni o‘z safiga qo‘shib olish uchun uning tavon pulini to‘lashga tayyor ekanligini rasman e’lon qilgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Real” Martinni qaytarib sotib olish sharti bilan 50 million yevroga pullamoqchi.
Vertongen Italiya yo‘l oladi
 
Angliyaning “Tottenhem” jamoasi markaziy himoyachisi Yan Vertongen yozda katta ehtimol bilan Italiya klublarining biri bilan shartnoma imzolashi mumkin.
33 yoshli futbolchining hizmatlasri bilan “Napoli”, “Milan”, “Inter” va “Fiorentina” jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.
Belgiyalik futbolchi yozda erkin agentga sifatida o‘zi istagan klubdan biriga o‘tishi mumkin. “Shporlar” esa, uning o‘rnini to‘ldirishga qodir yosh futbolchilarni izlashni boshlab yubordi.
Kristofer Ayyer uchun kurash jiddiy
 
Shotlandiyaning “Seltik” jamoasi yarim himoyachisi Kristoffer AYEr uchun kurash avjiga chiqmoqda.
22 yoshli futbolchini “tumanli albion”ning bir nechta klublari o‘z safiga qo‘shib olish borasida ishlarni boshlab yuborgan.
Britaniya nashrlarining ma’lum qilishicha, “Lester” allaqachon AYEr uchun 20 million yevro taklif qilishga ulgurdi. Shuningdek, tez orada “Everton” va “Vulverhempton” jamoalari ham o‘z takliflari bilan aloqaga chiqishlari kutilmqoda.
Artur qoladimi?
 
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Artur o‘zining “Yuventus”ga o‘tishi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
Marca nashri bergan xabarlarga qaraganda, 23 yoshli braziliyalik futbolchi bu mavsum “Yuventus”ga o‘tmaydi. U shartnomasi so‘ngiga qadar “Barselona”da qolishni va birinchi imkon tug‘ilishi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor ekanlgini rasman e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Artur bu mavsumda “LaLiga”ning 16 ta uchrashuvida maydonga tushgan bo‘lib, 3 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qilgan.


127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *