Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi: «Futbol ham endi avvalgidek bo‘lmaydi»

Messi: «Futbol ham endi avvalgidek bo‘lmaydi»

Автор: admin


«Barselona» klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan vaziyat haqida gapirdi.
«Pandemiyadan keyin hayotimiz qanday kechishini ko‘pchilik tasavvur qila olmaydi. Koronavirus aksariyat insonlarni boshiga og‘ir sinovlarni tushirdi, ko‘pchilik qiyin vaziyatda qoldi. Odamlar yaqinlari, do‘stlari bilan hattoki xayrlashishga ulgurmay, ularni yo‘qotishdi. Yaqiningni yo‘qotishdan ham og‘irroq sinov bo‘lmasa kerak. O‘ylashimcha, butun hayotimiz singari futbol ham endi avvalgidek bo‘lmaydi», - deya Messining so‘zlarini keltirmoqda El País nashri.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Ispaniya chempionati o‘yinlari mart oyida to‘xtatilgan edi. Hozirda klublar yana mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.
Ma’lumot uchun, «Barselona» La Liga 27-turidan keyin 58 ochko jamg‘argan holda Primerada peshqadamlik qilmoqda.


Теги: Lionel Messi
18     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *