Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Saul «Atletiko»dan boshqa klubga o‘tayotganligini e’lon qildi

Saul «Atletiko»dan boshqa klubga o‘tayotganligini e’lon qildi

Автор: admin


«Atletiko» klubining 25 yoshli yarimhimoyachisi Saul Niges «tvitter»dagi sahifasida Madrid klubini tark etayotganligi va boshqa klubga o‘tayotganligini e’lon qildi.
«Yangi klub. 3 kundan keyin e’lon qilaman», - deya yozgan Saul rasmiy sahifasida.
«Atletiko» tarbiyalanuvchisi sanalmish Saul Niges 2013 yildan buyon madridliklar sharafini himoya qilib kelayotgandi. Ispaniyalik yarimhimoyachining transfer bahosi 72 million yevroga baholanmoqda. 
Oldinroq, Saulga «Manchester Yunayted» klubi qiziqish bildirayotgani, ammo shartnomasi 2026 yilgacha belgilangan futbolchini «Atletiko» 100 million yevrodan kamga sotmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Saul joriy mavsumda jami 37 o‘yinda maydonga tushib, 3ta golga mualliflik qilgan. «Atletiko» esa 27 o‘yinda 45 ochko jamg‘arib, La Ligada 6-o‘rinda bormoqda.


Теги: Saul Niges
21     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *