Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Yaxshiboyev bo‘lmasa – Umarov. «Energetik-BGU» Belarus Oliy ligasida 1-o‘ringa chiqdi

Yaxshiboyev bo‘lmasa – Umarov. «Energetik-BGU» Belarus Oliy ligasida 1-o‘ringa chiqdi

Автор: admin


Belarus Oliy ligasi 11-turi doirasida «Energetik-BGU» jamoasi «Vitebsk» bilan qiyin kechgan bahsda so‘nggi soniyalarda muhim g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Diskvalifikatsiya sababli Jasur Yaxshiboyev «Energetik-BGU»ga yordam bera olmagan bo‘lsa-da, yana bir o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Shahboz Umarov o‘yinda jamoasining 2-goliga mualliflik qildi.
Uchrashuv 3:2 hisobidagi mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlashi arafasida mehmonlar qo‘shib berilgan 90+4-daqiqada muvozanatni tiklashga erishishdi – 3:3.
Ushbu durang natija bilan «talabalar» ochkolari sonini 22taga yetkazib, bu borada BATE bilan bir xil ochko yig‘ishdi. Ammo BATE zaxirasida o‘yin bor. Shunga qaramay, o‘zaro o‘yindagi g‘alaba evaziga «Energetik-BGU» turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.
Belarus Oliy ligasi. 11-tur. 31 may
«Energetik-BGU» – «Vitebsk» - 3:3

Gollar: 0:1 – 8 Santos, 1:1 – 33 Bakich, 2:1 – 40 Shahboz Umarov, 2:2 – 42, penalti Nikoleyesku, 3:2 – 44 Tve, 3:3 – Sezar 90+4.
Energetik-BGU – Lesko, Mavatu, Yudchits, Miroshnikov, Svirepa, Bakich (Atemeng, 77), Nosko, Tve, Shahboz Umarov (Musaxanyan, 61), Girs, Shkurdyuk.
Vitebsk – Guenko, Chalov, Sezar, Skitov, Nazarenko, Matveyenko, Kalenchuk, Volkov (Fedosov, 82), Gurenko (Vasilev, 74), Nikoleyesku, Santos (Ksenofontov, 80).
Chetlatish: Yudchits (56, E).


42     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *