Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLning yana bir klubi Koutino transferidan voz kechdi

APLning yana bir klubi Koutino transferidan voz kechdi

Автор: admin


Londonning «Tottenhem» klubi huquqiy jihatdan «Barselona»ga tegishli bo‘lgan Filippe Koutino uchun transfer kurashidan chiqdi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
«London klubi bosh murabbiyi Joze Mourino 27 yoshli braziliyalik futbolchi transferidan voz kechgan. Klub yozgi transfer oynasida Koutino uchun katta transfer mablag‘i va yillik 15 million yevro maosh ajrata olish imkoniyatiga ega emas», - deyiladi manbada.
Oldinroq, «Barselona» Koutinoni yozgi transfer oynasida sotuvga qo‘ymoqchi ekanligi aytilgandi. Futbolchi uchun «Chelsi», «Arsenal»,  «Nyukasl» va «Lester» da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, avvalroq «Manchester Yunayted» Koutino transferi uchun kurashdan chiqqandi.


18     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *