Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Liverpul” sobiq futbolchisi: Haftasiga 1 mln funt maosh taklif qilinsa, Mane va Saloh ham transferga rozi bo‘ladi

“Liverpul” sobiq futbolchisi: Haftasiga 1 mln funt maosh taklif qilinsa, Mane va Saloh ham transferga rozi bo‘ladi

Автор: admin


“Barcha jamoalar o‘z o‘yinchilarini sotadi. Zamonaviy futbol haqiqati shunday. Masalan, “Barselona” Neymar bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Hozir futbolchilarni maosh o‘ziga jalb qilmoqda. Agar haftasiga 1 million funt to‘lasangiz, istalgan futbolchi, hatto Mane yoki Saloh ham transferga rozilik beradi. Jamoa darajasi ahamiyat kasb etmaydi.
“Liverpul”ni ko‘plab fantastik futbolchilar tark etgan: Fernando Torres, Luis Suares, Filippe Koutinyo. Jamoa maydondagi natijalar evaziga kuch yig‘ib olgani quvonarli, futbolchilar esa kelib, ketaveradi. Men har doim muxlislarga alohida futbolchilarga emas, klubga ishqibozlik qilishni maslahat beraman”, — deydi Barns.
Jon Barns 1987—1997-yillar mobaynida “qizillar” libosini himoya qilgan.
Теги: Liverpul
30     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *