Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Sancho Havertsning rekordini yangiladi

Sancho Havertsning rekordini yangiladi

Автор: admin

«Borussiya» D yarimhimoyachisi Jeydon Sancho Bundesligada 30ta gol urgan eng yosh o‘yinchiga aylandi.
Angliyalik futbolchi Bundesliganing 29-turidan o‘rin olgan «Paderborn»ga qarshi bahsda (6:1) xet-trikka erishib, 20 yoshu 67 kunligida Germaniya chempionatidagi to‘plari sonini 30taga yetkazib oldi. 
Bundan avvalgi rekord 30ta golni 20 yoshu 270 kunligida urishga erishgan «Bayer» xavbeki Kay Havertsga tegishli edi.
Ma’lumot uchun, Sancho «Borussiya»ga 2017 yili «Manchester Siti»dan 7,84 mln yevro evaziga o‘tgan. U bu mavsumda Bundesligada 27ta o‘yinda 17ta to‘p kiritdi va 16ta golga hammualliflik qildi.


86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *