Goal24.uz » Jahon » Messini hurmat qiladigan yagona darvozabon antiqa ishga qo‘l urdi

Messini hurmat qiladigan yagona darvozabon antiqa ishga qo‘l urdi

Автор: admin

Meksikaning “Tigres” jamoasi davrozasini 2014 yildan buyon qo‘riqlab kelayotgan argentinalik Nauel Gusman yangi shartnomasiga Lionel Messi bilan bog‘liq bandni kiritdi. Unga ko‘ra, agar “Barselona” yulduzi Argentinaga qaytib, sobiq klubi “Nyuells Old Boyz” safiga qo‘shilsa, “Tigres” Gusmanni jamoadan ketishiga izn beradi.
Shartnomaga bu bandni qo‘shishni taklif qilganimda rozim bo‘lishdi. Agar Messi “Nyuells Old Boyz”ga kelsa, men ham sobiq jamoamga qaytaman, - dedi Nauel Gusman.
Bu darvozabon 2005-2014 yillar davomida Messini tarbiyalagan klub tarkibidan to‘p surgan. Orada ikki yil ijara asosida “Independente Rivadaviya” jamoasi darvozasini ham qo‘riqladi.
Yaqinda mashhur murabbiy Maurisio Pochettino “Nyuells Old Boyz”ni boshqarib, unda Lionel Messini o‘ynatish istagida ekanini aytgandi.
95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *