Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Atletiko" futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

"Atletiko" futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Автор: admin

Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Stefan Savich "Tottenxem"ning asosiy transfer nishoniga aylandi. Bu haqda Todo Fichajes nashri xabar tarqatmoqda.
Gap shundaki, "shporlar" 29 yoshli chernogoriyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida shartnomasi yakuniga etadigan belgiyalik himoyachi Yan Vertongen o‘rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda. "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino ham ushbu transferga rozilik bildirgan.
Savich joriy mavsum “Atletiko” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning transferi esa 15 mln evroga baholanmoqda.


82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *