Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus» «Chelsi» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Yuventus» «Chelsi» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Автор: admin

«Chelsi» klubi yarimhimoyachisi Pedro faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin, deya yozmoqda La Gazzetta dello Sport.
Manbaning xabar berishicha, ispaniyalik 32 yoshli futbolchiga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda. Turinliklar ustozi Mauritsio Sarri London klubi bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadigan Pedroni o‘z jamoasi safiga qo‘shib olishni istamoqda. Pedro ham Sarri bilan avvalroq «Chelsi»da birga ishlagani uchun Italiya klubiga o‘tishga qarshi emas.
TuttoSport’ning xabar berishicha, erkin agentga aylanadigan «Barselona» sobiq futbolchisiga faqat «Yuve» emas, Rimning «Roma» klubi ham qiziqish bildirgan.
Ma’lumot uchun, Pedro «Chelsi»da asosan zaxira o‘rindig‘ida qolib ketayotgani bois, joriy mavsumda 9 o‘yinda bitta gol va 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *