Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Lautaro Martinesning «Barsa»ga o‘tishi va qancha maosh olishi borasida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Lautaro Martinesning «Barsa»ga o‘tishi va qancha maosh olishi borasida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Italiyalik jurnalist Nikolo Skira «tvitter»dagi sahifasida «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesning «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi borasida yangi tafsilotlarni yozdi.
«Laurato Martines va «Barselona» o‘rtasida to‘liq kelishuvga erishildi. Uning Kataloniya klubida maoshi 12 mln yevro va bonuslardan iborat bo‘ladi. Kelgusi haftalarda «Barselona» «Inter» bilan kelishuvga erishishi kerak.  
«Inter» futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 111 mln yevro tovon pulini olishni xohlamoqda. Shuningdek, 90 mln yevro va «Barsa»ning biror o‘yinchisi taklif qilinishi ham Milan klubini ishontirishi mumkin. Kataloniya klubining 60 mln yevro+Arturo Vidal+Nelson Semedu taklifi esa rad etilgan», – yoziladi manbada.
Bu mavsumda 22 yoshli Martines A Seriyada 22ta o‘yin o‘tkazib, 11ta to‘p kiritgan. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.


101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *