Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin


“Verder” hujumchisi “Yuve” nishonida

Germaniyaning “Verder” klubi hujumchisi Eren Dinkchi faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin.
“Fussbball” nashrining ma’lum qilishicha, turkiyalik yosh futbolchi o‘zining Bundesliganing yoshlar ligasidagi o‘yinlari bilan skautlar nazariga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Eren Dinkchi 20 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, 22 ta gol va 12 ta aniq uzatmani amalga oshirgan.
Pogba ketmoqchi
 
“Manchester Yunayted”n yarim himoyachisi Pol Pogba yozda jamoani tark etishni istmoqda.
Buhaqida “Le10sport” nashrima’lumqilmoqda. Unga ko‘ra, futbolchi allaqachon PSJ bilan muzokaralar o‘tkazishni boshlab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, Pol ushbu mavsumda APLning atigi 7 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ydi.
“Yuve” o‘z uslubida
 
Turinning “Yuventus” jamoasi Pyanichni “Barselona”ga taklif qilish orqali Filippe Koutinoni qo‘lga kiritishni reja qilmoqda.
“Tuttosport” nashrining ma’lum qilishicha, “Bavariya”da ijara asosida to‘p tepayotgan Koutino uchun “Yuventus” ortiqcha pul sarf etmay turib qo‘lga kiritmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Filippe uchun “Barselona” 80 million yevro talab qilmoqda. “Bavariya” braziliyalik futbolchining transfer huquqini sotib olishdan bosh tortdi.
Yangi Pirlo uchun kurash avjida
 
Italiyaning “Breshia” jamoasi yarim himoyachisi Sandro Tonali uchun asosiy da’vogar Milanning “Inter” jamoasi bo‘lib turibdi.
“CorrieraDellaSport” nashrining ma’lum qilishicha, “ko‘k-qora”lar allaqachon futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo‘lgan. Unga ko‘ra, klub Tonaliga yiliga 2,5 million yevro maosh ko‘rsatilgan 3 yillik shartnoma taklif etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Breshia” yarim himoyachi uchun 50 million yevro talab qilmoqda.      Futbolchi bilan shuningdek, PSJ va Italiyaning boshqa grandlari qiziqib qolgan.
Villian keladi, biroq
 
Londonning “Tottenhem” jamoasi yozda Villianni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish ishlarini boshlab yuborganidan xabaringiz bor.
“TheSun” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Tottenhem” Erik Lamelani sotuvga qo‘ysagina, Villianni jamoaga qo‘shib olishi mumkin. Gap shundaki, “shporlar”da futbolchilarning maoshi borasida muammolar kelib chiqishi mumkin. Shu bois, London klubi avvaliga Lamelani sotib yuboradi va keyin Villian bilan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, brazliyalik yarim himoyachining hizmatlari bilan “Inter”, “Barselona” va “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirgan.


71     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *