Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Bundesliga. “Leypsig” 6 ta gol urilgan bahsda irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, kuchli uchlikka qaytdi

Bundesliga. “Leypsig” 6 ta gol urilgan bahsda irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, kuchli uchlikka qaytdi

Автор: admin

Unda mehmonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. 7-daqiqada Jon Kordoba maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Bunga “buqalar” Patrik Shik, Kristofer Nkunku va Timo Vernerning gollari bilan javob qaytardi.
55-daqiqada Antoni Modest “Kyoln”ning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Dani Olmo yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Leypsig” ochkolarini 58 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Kyoln” (34 ochko) esa 11-o‘rinda qoldi. Musobaqada “Bavariya” (67) peshqadamlik qilmoqda.

Foto: Bundesliga
Bundesliga
29-tur bahsi
1-iyun, dushanba

“Kyoln” — “Leypsig” 2:4

Gollar: 1:0 – 7 Kordoba, 1:1 – 20 Shik, 1:2 – 38 Nkunku, 1:3 – 50 Verner, 2:3 – 55 Modest, 2:4 – 57 Olmo.
“Kyoln”: Horn, Shmitts (Xorxe Mere, 75), Lyaystner, Chixos, Katterbah, Shiri, Hektor, Kayns (Dreksler, 58), Rejbechay (Tilmann, 58), Yakobs (Terodde, 75), Kordoba (Modest, 24).
“Leypsig”: Gulachi, Mukiyele, Klostermann, Upamekano, Anxelinyo, Zabitser, Laymer (Adams, 59), Olmo (Forsberg, 84), Nkunku, Shik (Aydara, 68), Verner.
Ogohlantirishlar: Lyaystner (30), Dreksler (61), Forsberg (89).
103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *