Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » «PSJ» Di Mariyadan xavotirda

«PSJ» Di Mariyadan xavotirda

Автор: admin

«PSJ» tibbiy bo‘limi jamoaning argentinalik yarimhimoyachisi Anxel Di Mariyaning uyqusizlikdan aziyat chekayotganidan xavotirda, deb xabar beradi Le Parisien.
Nashrning ta’kidlashicha, 32 yoshli o‘yinchi koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin paytida ushbu muammoga duch kelgan. Anxel uyqusizlikdan tashqari depressiyani ham boshdan kechirmoqda. Futbolchining rafiqasi Di Mariya o‘zini xuddi zombi kabi tutayotganini aytgan.
Yarimhimoyachi bu mavsumda «PSJ» tarkibida 37ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 12ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan.


87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *