Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Villian «Chelsi» bilan shartnomasini nima sababdan uzaytirmayotgani oydinlashdi

Villian «Chelsi» bilan shartnomasini nima sababdan uzaytirmayotgani oydinlashdi

Автор: admin

«Chelsi» yarimhimoyachisi Villianning agenti Kia Jurabchian mijozi nima uchun klub bilan shartnomani uzaytirmayotganiga izoh berdi.
31 yoshli futbolchi mavsum so‘ngida erkin agentga aylanadi.
«Villian 3 yillik shartnoma imzolanishini kutmoqda. «Chelsi»ning siyosati esa 2 yillik bitim taklif qilishdir.
Biz «Chelsi»ning pozitsiyasini hurmat qilamiz, ammo Villianning ham o‘z istaklari bor. U faoliyatini yuqori darajada yakunlamoqchi.
«Tottenhem»? U hozir «Chelsi» o‘yinchisi. Uning mavsum so‘ngigacha shartnomasi bor, shuning uchun boshqa klubga o‘tishi haqida gapirish hurmatsizlik deb o‘ylayman. Hozircha biz «Tottenhem» yoki boshqa klublar bilan gaplashmadik», – deb agentning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.


93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *