Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Lionel Messi “Barselona”ni erkin agent maqomida tark etolmaydigan bo‘ldi

Lionel Messi “Barselona”ni erkin agent maqomida tark etolmaydigan bo‘ldi

Автор: admin

32 yoshli futbolchining katalonlar bilan amaldagi shartnomasiga ko‘ra, o‘yinchi klubni erkin agent sifatida tark etish huquqi bor edi. ESPN nashrining xabar qilishicha, bitimdagi mazkur band 31-may, yakshanba kuni o‘z kuchini yo‘qotgan.
2017-yilda Messi “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi kelishuvini 2021-yilga qadar uzaytirgandi. Unda argentinalik forvard 2020-yilning yozida erkin agentga aylanishi mumkinligi haqidagi band bo‘lgan. Buning uchun Messi iyun oyiga qadar klub rahbariyatini ketishi haqida ogohlantirishi lozim edi.
Messiga yaqin shaxslar bunga quyidagicha sharh bergan: “Biz shartnoma borasidagi savollarga javob bermaymiz”.
Messining “Barselona” bilan kelishuvida bunday shartlar borligi ilk bor 2019-yilning sentabrida ma’lum bo‘lgandi. Shundan buyon “Manchester Siti” va boshqa klublar vaziyatni kuzatayotgandi.
114   
Добавить комментарий
Ваше имя: *